2026-03-07
Bugun Bojxona qo‘mitasida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Qo‘mita Raisi ishtirok etib, bojxona organlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni samimiy tabrikladi.
Shu munosabat bilan tizimda namunali xizmat qilib kelayotgan bir qator xodimalarga nufuzli mukofotlar, idoraviy nishonlar, faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Quvonarlisi, Milliy kinologiya markazining ikki nafar xodimasi ham qo‘mita Raisi tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
Shuningdek, tadbirdan so‘ng Milliy kinologiya markazida ham bayram munosabati bilan markaz direktori tomonidan ayol ishchilarga esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar topshirildi.
Milliy kinologiya markazi jamoasi barcha xotin-qizlarni ushbu qutlug‘ ayyom bilan samimiy muborakbod etadi.