2026-01-22
Tadbirda Milliy kinologiya markazida uzoq yillar xizmat qilgan bojxona faxriylari, marhum kinologlarning oila a'zolari ham ishtirok etishdi.
Mehmonlar dastlab, markaz hovlisiga o'rnatilgan Xotira monumenti poyiga gullar qo'yishdi.
Jurnalistlar markazdagi o'quv amaliy jarayonlar, muzey, veterinariya klinikasi va boshqa shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Press-tur davomida kinologlar va xizmat itlarining ko'rgazmali chiqishlari namoyish qilindi.
Bu haqida batafsil bayram arafasida "Renessans" telekanali orqali namoyish qilinadigan "Sherzodxon Qudratxo'ja bilan!" ko'rsatuvida tomosha qilasiz.