2025-04-12
Markazimiz mamnuniyat bilan yosh mehmonlarni – Yunusobod tumani 72 maktabining 3 sinf oʻquvchilarini kutib oldi. Bolalar uchun ekskursiya tashkil etildi, ular kinologlar, xizmat itlari va ularni tayyorlashning oʻziga xos xususiyatlari bilan tanishdilar.
Maktab oʻquvchilari toʻrt oyoqli yordamchilarimiz mahoratini qiziqish bilan tomosha qildilar va bajonidil kinologlar bilan suhbatlashishdi.
Ishonchimiz komilki, bunday uchrashuvlar nafaqat bolalarning dunyoqarashini kengaytiradi, balki hayvonlarga nisbatan hurmatli munosabatni rivojlantirishga yordam beradi.
72-sonli maktab oʻqituvchilariga hamkorliklari va ishimizga qiziqishlari uchun minnatdorchilik bildiramiz!