2025-10-20
Mazkur seminar MDHga aʼzo davlatlarning bojxona xizmatlari rahbarlari Kengashining doimiy ishlaydigan Ishchi organi — huquqni muhofaza qilish bo‘linmalari rahbarlari qo‘mitasi faoliyati doirasida o‘tkazilmoqda.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi va Qirg‘iz Respublikasi bojxona xizmatlari vakillari ishtirok etishmoqda.
Dastlabki kunida ishtirokchilar Milliy kinologiya markazi faoliyati, uning tuzilishi, o‘quv bazasi va xizmat itlarini tayyorlash imkoniyatlari bilan tanishdilar.
Seminar doirasida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o'tish, shu jumladan chegara bojxona postlarida o'tkazilishi rejalashtirilgan sayyor o‘quv mashg‘ulotlar natijasida jarayonlar bilan yaqindan tanishish nazarda tutilgan.
Bunday tadbirlarni o‘tkazish o'zaro tajriba almashish, kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish va qo‘shni mamlakatlarning kinologiya markazlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Seminar 24-oktabr kuniga qadar davom etadi.