2026-04-30
Milliy kinologiya markazida “Xizmat itlarida uchraydigan turli kasalliklarni barvaqt aniqlash, veterinariya davolash-profilaktika va laboratoriya-diagnostika ishlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda Mudofaa vazirligi, DXX, IIV, Milliy gvardiya, DXX Chegara qo‘shinlari hamda ixtisoslashgan oliy ta’lim yurtlari veterinariya mutaxassislari ishtirok etdi.
Tadbir davomida xizmat itlarida uchraydigan kasalliklarni barvaqt aniqlash, zamonaviy diagnostika va davolash usullari, profilaktika choralarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, amaliy qism doirasida xizmat itida jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.
Jarrohlik jarayoni onlayn tarzda namoyish etilib, ishtirokchilar tomonidan kuzatildi hamda amaliy tajriba almashildi.