2025-08-20
Joriy yil 18–20-avgust kunlari Qirgʻiziston Respublikasining Bishkek shahrida MDHga aʼzo davlatlar bojxona xizmatlari kinolog-mutaxassislarining XIII-koʻpkurash musobaqasi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon va Belarus Respublikalari hamda Rossiya Federatsiyasi kinologlaridan iborat jami 6 ta jamoaning 12 nafar ishtirokchilari bellashishdi.
Quvonarlisi, Oʻzbekiston sharafini munosib himoya qilgan Milliy kinologiya markazi instruktorlari A.Gʻoyipov va D.Saydirasulovlar umumjamoa hisobida 2-oʻrinni qoʻlga kiritishdi. Shu bilan birga, kinologlarimiz turli nominatsiyalarda ham 1, 2 va 3-oʻrinlarni egallashdi.
Eslatib oʻtamiz, mazkur tadbir doirasida 21-avgust kuni MDH davlatlari bojxona xizmatlari Kinologiya boʻyicha Ishchi guruhining 32-yigʻilishi hamda kinologlar uchun xalqaro ekspertlar tomonidan amaliy seminar boʻlib oʻtishi koʻzda tutilgan