2025-10-17
Bugun Milliy kinologiya markazida navbatdagi “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida Toshkent davlat yuridik universitetining talabalari markaz faoliyati bilan tanishishdi.
Talabalarga xizmat itlarini tayyorlash jarayoni, kinologlarning o‘quv mashg‘ulotlari, shuningdek, xizmat itlarining jinoyatlarni fosh etish va bojxona nazoratidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
E’tiborga molik jihati shundaki, Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari yangi bunyod etilgan “Xotira majmuasi” poyiga gul qo’yib, hurmat bajo keltirgan ilk talabalar bo’ldi.
Tadbir yakunida markaz instruktorlari tomonidan xizmat itlari ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar va ko‘rgazmali chiqishlar namoyish