2025-05-23
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning toʻrt nafar xodimi shartnoma asosida Milliy kinologiya markazida “Himoya-qorovul xizmati” yoʻnalishi boʻyicha boshlangʻich oʻquv kursini boshladi.
Ikki oy davomida tinglovchilar temir yoʻl infratuzilmasi ob'ektlarini qoʻriqlashda xizmat itlaridan samarali foydalanish uchun zarur boʻlgan nazariy va amaliy koʻnikmalarni oʻzlashtirishadi. Ularga tegishli tartibda markazda etishtirilgan zotdor xizmat itlari biriktirildi.
Milliy kinologiya markazi Oʻzbekiston Respublikasining etakchi kinologiya markazlaridan biri sifatida respublikamizning huquqni muhofaza qilish organlarining kinologiya boʻlinmalari bilan faol hamkorlik qilib, mutaxassislar tayyorlashda uslubiy va amaliy yordam koʻrsatib kelmoqda.