2026-07-09
Poytaxtimizning Sergeli tumanida joylashgan “Xonobod” mahallasida zamonaviy futbol maydonining ochilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda mazkur mahallada faoliyat olib borayotgan bojxona organlari xodimlari, mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida Milliy kinologiya markazi kinologlari tomonidan xizmat itlari ishtirokida ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi. Ushbu chiqishlar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi, ayniqsa yoshlarning xizmat itlari faoliyatiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.
Tantanali marosim yakunida futbol maydoni mahalla aholisi foydalanishi uchun rasman ochib berildi. Maydonga ilk bo‘lib yoshlar, mahalla vakillari, shuningdek, nuroniylar kirib, samimiy kayfiyatda o‘z bolalik xotiralarini yodga oldilar.
Mazkur maydon mahalla yoshlari o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi.