2026-06-04
Xizmatga qabul qilingan 14 nafar tinglovchiga 14 bosh xizmat itlari biriktirilib, ular uchun 3 oylik boshlang‘ich tayyorgarlik o‘quv kursi boshlandi.
O‘quv jarayoni davomida 7 nafar tinglovchi “Portlovchi moddalarni qidirsh”, yana 7 nafar tinglovchi esa “Giyohvandlik vositalarini qidirish” yo‘nalishi bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tadi.
Mashg‘ulotlar davomida kinologlar xizmat itlari bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirib, ularni amaliyotda samarali qo‘llash bo‘yicha zarur bilim va tajribalarga ega bo‘ladilar.