2026-02-17
Respublika qon quyish markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur insonparvarlik aksiyasida O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazi xodimlari ham faol ishtirok etishdi.
Markaz xodimlari donor sifatida qon topshirib, ehtiyojmand insonlar hayotini saqlab qolishga hamda ularning sog‘ayishiga o‘z hissalarini qo‘shishdi.
Jarayon oldidan tibbiyot xodimlari tomonidan qon topshirishning xavfsizligi, donorlikning jamiyat hayotidagi ahamiyati, uning inson salomatligiga ijobiy ta’siri haqida batafsil tushuntirish ishlari olib borildi.
Aksiya doirasida xodimlar ixtiyoriy ravishda, beg‘araz ravishda qon topshirib, insonparvarlik, mas’uliyat va bag‘rikenglik fazilatlarini yana bir bor namoyon etdilar.
Mazkur aksiya doirasida topshirilgan qon shifoxonalarda davolanayotgan bemorlar, ayniqsa, shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarimiz uchun yo‘naltiriladi.