2026-05-04
2–3-may kunlari O‘zbekiston Respublikasi “Vatanparvar” mudofaaga ko‘maklashuvchi tashkiloti tomonidan kanikross chempionati hamda itlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
2-may kuni o‘tkazilgan kanikross chempionatida ko‘plab jamoalar, jumladan, kuch tuzilmalari vakillari ishtirok etdi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra, Milliy kinologiya markazi kinologlari kuch tuzilmalari o‘rtasida 3 va 4-o‘rinlarni egalladi.
3-may kuni o‘tkazilgan itlar ko‘rgazmasida esa Milliy kinologiya markazining xizmat iti “Bloom” o‘z guruhida "a'lo" deb topildi.