2024-12-03
Bugun, 3 dekabr – Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni munosabati bilan ilgari Milliy kinologiya markazida xizmat qilgan Dadasheva Mohira Abdullaevnaning xonadoniga tashrif buyurib, uning holidan xabar olindi.
Dadasheva Mohira 2-guruh nogironligi bilan nafaqaga chiqqan. U uzoq yillar mobaynida bojxona organlari tizimida, 2016-2021 yillar davomida Milliy kinologiya markazida xizmat qilgan.
Hamkasblari orasida mehnatkash, oqko‘ngil, xushchaqchaq va mehribon xodim sifatida o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lgan.