2026-05-07
Jahon bojxona tashkiloti eksperti Armaniston Respublikasi Davlat daromadlari qo‘mitasi Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Sose Stepanyan Bojxona qo‘mitasida elektron tijorat va tezkor jo‘natmalar bo‘yicha tashkil etilgan o‘quv-amaliy seminarda ishtirok etdi.
Shu bilan birga mehmonimizga Milliy kinologiya markazi faoliyati ham yaqindan tanishtirildi.
Tashrif jarayonida xizmat itlarini tayyorlash tizimi, kinolog-mutaxassislarni o‘qitish jarayonlari, xizmat itlarini saqlash va parvarishlash sharoitlari hamda Markazning zamonaviy o‘quv-amaliy infratuzilmasi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, mehmon xizmat itlarining bojxona organlari faoliyatidagi o‘rni, xususan, giyohvand vositalar va portlovchi moddalarni aniqlash bo‘yicha maxsus tayyorgarlik yo‘nalishlari bilan ham tanishdi.
Tashrif yakunida Sose Stepanyan Milliy kinologiya markazining salohiyati va yaratilgan sharoitlarni yuqori baholadi.