2026-04-25
Tashrif davomida mehmonlar markaz faoliyati, xizmat itlarini tayyorlash jarayonlari hamda ularning bojxona organlari tizimidagi o‘rni bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, kinologlar tomonidan xizmat itlarining qidiruv va shartli jinoyatchini ushlash bo‘yicha ko‘nikmalari amaliy tarzda namoyish etildi.
Talabalar markaz infratuzilmasi, jumladan, xizmat itlari pitomnigi, mashg'ulot maydonlari va veterinariya xizmati faoliyati bilan ham tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.