2025-10-07
Mehmonlarga markazning oʻquv-oʻrgatuv faoliyati, ixtisoslashtirilgan veterinariya xizmati, tugʻruq kompleksi va “Kinologiya tarixi” muzeyi yaqindan tanishtirildi.
Ayniqsa, xizmat itlari bilan oʻtkazilgan amaliy mashgʻulotlar va koʻrgazmali chiqishlar mehmonlarda yorqin taassurot uygʻotdi.
Eslatib oʻtamiz, Kuala Lumpur shahrida mart oyida boʻlib oʻtgan muzokaralarda kinologiya sohasida hamkorlik ham nazarda tutilgan.
Shu maqsadda ikkala davlatning kinologiya tuzilmalari oʻrtasida instruktorlarni oʻqitish, xizmat itlarini eksport asosida yetkazib berish, qoʻshma taʼlim yoʻnalishlarida hamkorlik qilish boʻyicha Memorandum ishlab chiqilishi rejalashtirildi.