2026-02-04
Bugun Sergeli tumanida joylashgan parklardan birida Daryo bo‘yi mahallasida joylashgan Harbiy maktab o‘quvchilari qasamyod qabul qilish marosimi bo'lib o'tdi.
Tadbirda Milliy kinologiya markazi, Bojxona instituti, mahalla fuqarolar yigʻini vakillari, shuningdek, o‘quvchilarning yaqin qarindoshlari va Sergeli tumani aholisi ishtirok etishdi.
Bojxona instituti kursantlari va Milliy kinologiya markazi kinologlar xizmat itlari bilan birga koʻrgazmali chiqishlarini namoyish etdilar. Bu o‘z navbatda maktab oʻquvchilari va tadbir mehmonlarida katta qiziqish uygʻotgan. Tadbir mehmonlari uchun bojxona xizmati bilan ilk bor yaqindan tanishishi boʻldi.
Bunday uchrashuvlar davlat tuzilmalari va jamiyat oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash, yoshlarda vatanparvarlik, masʼuliyat va qonunga hurmat tuygʻusini shakllantirishga xizmat qiladi.