2025-09-28
Joriy yilning 27-28-sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan “O‘zbekiston Kubogi-2025” xalqaro itlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko'rgazmada O‘zbekiston Respublikasining kuch tuzilmalarining kinologiya bólinmalari, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Belarus va Qozog’iston Respublikasining itchilik klublaridan jami 100 dan ortiq turli zotdagi itlar ishtirok etdi. Ko‘rgazma qatnashchilari xalqaro toifali hakamlar tomonidan baholab borildi.
Unda Milliy kinologiya markazi hisobidagi 4 bosh “Baddi”, “Viqor”, "Glaurett Sonic Boom" va "Klod" laqabli xizmat itlari "Best" nominatsiyasida yuqori darajada baholandi.