2025-10-02
2025-yil 2-oktabr kuni zoom formatida Bojxona qo‘mitasi Milliy kinologiya markazi va Ozarbayjon Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining kinologiya markazi vakillarining ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Onlayn uchrashuvga 2025-yil 8-sentabrda ikki mamlakat bojxona qo‘mitalari o‘rtasida 2025-2026-yillarga moʻljallangan oʻzaro hamkorlik rejasi asos bo‘ldi. Ushbu rejaning 16-bandida tomonlarning kinologiya tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish belgilangan.
Kinologiya markazlari kinologlar uchun onlayn seminar-trening va oʻquv kurslari tashkil etish, xizmat itlarining genofondini yaxshilash, oʻquv qoʻllanmalarini ishlab chiqish va kinologiya sohasida axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.
Uchrashuv davomida tomonlar ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy qadamlarni muhokama qildilar, shuningdek, kinologiya bo‘linmalarining faoliyati, mutaxassislarni tayyorlash tartibi, xizmat itlarini ko‘paytirish va veterinariya xizmati to‘g‘risida o‘zaro ma’lumotlar taqdim etildi.
Ushbu uchrashuv hamkorlik rejasida belgilangan kelishuvlarni amalga oshirishning birinchi bosqichi bo‘lib, O‘zbekiston va Ozarbayjon bojxona organlarining kinologiya bo‘linmalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.