2025-10-17
Majmuaning ochilish marosimida Bojxona qoʻmitasi Rahbariyati, Milliy kinologiya markazining tashkil etilishida hissa qoʻshgan faxriylar, markaz shaxsiy tarkibi va bir guruh marhum kinologlarning oila-aʼzolari ishtirok etdi.
Tadbirda Bojxona qoʻmitasi Raisi A.Mavlonov soʻzga chiqib, soʻnggi yillarda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan bojxona tizimiga koʻrsatilayotgan yuksak eʼtibor natijasida Milliy kinologiya markazida ham keng qoʻlamdagi qurilish-bunyodkorlik ishlari va tizimli oʻzgarishlar amalga oshirilayotganini eʼtirof etdi.
Tadbir ishtirokchilari markazning oʻquv-oʻrgatuv faoliyati, ixtisoslashtirilgan veterinariya xizmati, tugʻruq kompleksi va “Kinologiya tarixi” muzeyi bilan yaqindan tanishishdidi.
Malakali kinologlar va ularning xizmat itlari tomonidan namoyish etilgan amaliy mashgʻulotlar hamda koʻrgazmali chiqishlar mehmonlarda oʻzgacha taassurot uygʻotdi.