2026-07-20
Milliy kinologiya markazida O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi kinologlari uchun "O'simliklar va o'simlik urug'larini qidirish" yo'nalishi bo‘yicha 3 oylik boshlang‘ich tayyorgarlik kursi muvaffaqiyatli yakunlandi.
O‘quv dasturi davomida tinglovchilar Markaz pitomnigidan biriktirilgan Labrador zotli xizmat itlari bilan amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etib, zarur ko‘nikmalarni egalladilar.
Yakuniy sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan kinologlar va ularning xizmat itlari endilikda Toshkent hamda Surxondaryo viloyatlaridagi chegara bojxona postlarida xizmatni davom ettiradi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunga qadar Milliy kinologiya markazida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining 35 nafar kinologlari tahsil oldi.