2025-10-26
Unda nafaqat O‘zbekiston, balki Qozog‘iston va Qirg‘izistondan olib kelingan 200 dan ortiq turli zotdor itlar mahoratini namoyish etishdi.
Jarayonlarni xalqaro toifaga ega Qozog‘istonlik va Polshalik ekspertlar baholab borishdi.
Qiziqarli taassurotlarga boy bo‘lgan tadbirni aholi vakillari, hususan ota-onalar o‘z faqrzandlari bilan kuzatib borishdi. Mehmonlar turli xil zotdor itlar hamda kinologlar faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
Tadbir doirasida ishtirokchilar o‘z itlarining zoti, uning xilma-xilligi, tayyorgarlik darajasi va yuqori mahoratini namoyish etishdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra Bojoxna qo‘mitasi Milliy kinologiya markazi hisobidagi jami 16 bosh xizmat italri sovrinli o‘rinlarni egalladi. Jumladan, besh bosh xizmat itlari faxrli 1-o‘rinni, yetti bosh xizmat itlari 2-o‘rinni va to‘rt bosh xizmat itlari esa 4-o‘rinni egalladi.