2026-01-26
Milliy kinologiya markazining tegishli buyrug‘iga muvofiq, hududiy bojxona boshqarmalari kinologlari xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishgan kinologlarning xizmat itlariga "Xizmat iti maxsus nishoni" topshirildi.
Mazkur nishonlar 26-yanvar — O‘zbekiston Respublikasi bojxona xizmati xodimlari kuni munosabati bilan taqdim etilib, kinologlar va ularning xizmat itlarining samarali xizmat faoliyati eʼtirof etildi.