2026-03-11
Unda Sergeli tumani “Daryo Bo‘yi” mahallasida joylashgan 264-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari, shuningdek, “Evrika” hamda “The First School” xususiy maktablari o‘quvchilari ishtirok etdi.
Ayniqsa, 264-sonli maktab o‘quvchilarining tashrifi alohida ahamiyat kasb etib, Sergeli tumanida olib borilayotgan hamkorlik ishlari bilan uzviy bog‘liq holda tashkil etilgani bilan e’tiborlidir.
Tadbir davomida o‘quvchilarga xizmat itlarining imkoniyatlari, ularning tayyorgarlik jarayonlari hamda huquqni muhofaza qilish faoliyatidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, xizmat itlari tomonidan qidiruv jarayonlari amaliy tarzda namoyish etildi.
Bunday ekskursiyalar yoshlar uchun katta ahamiyat kasb etadi. Ular kinologiya sohasi bilan yaqindan tanishib, xizmat itlarining jamiyat xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni haqida tushunchaga ega bo‘ladilar. Shu bilan birga, o‘quvchilarga taqiqlangan moddalarining zararli oqibatlari haqida ham tushuntirishlar berildi.
Mazkur tadbirlar Sergeli tumanida amalga oshirilayotgan profilaktik va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning mantiqiy davomi sifatida xizmat qilmoqda.