2025-04-08
Giyohvand moddalarini izlab topish yoʻnalishida tashkil etilgan mazkur seminar Evropa Ittifoqining Markaziy Osiyoda chegaralarni boshqarishga koʻmaklashish dasturi (BOMSA-10) doirasida oʻtkazilmoqda va unda Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston va Turkmaniston bojxona xizmatlarining kinologlari ishtirok etmoqda.
Mashgʻulotlarda Latviya va Litvadan tashrif buyurgan xalqaro trenerlar chegara va bojxona organlari faoliyatida qoʻllaniladigan giyohvand moddalarni aniqlashning zamonaviy usullari boʻyicha Evropa Ittifoqi tajribasini oʻrtoqlashishmoqda.
Oʻzbekistondan Bojxona qoʻmitasi Milliy kinologiya markazining bir guruh xodimlari seminarda faollik bilan qatnashishmoqda.
Seminar kinologlarning kasbiy malakasini oshirish, ilgʻor usullardan foydalanib xizmat itlarini tayyorlash, oʻzaro tajriba almashish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Tadbir doirasida kinologlar oʻrtasida xizmat itlari koʻpkurash musobaqasi ham oʻtkaziladi.