2026-04-24
Avval xabar berganimizdek, Bolalar kontentini rivojlantirish markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi hamkorligida bolalar uchun bojxona mavzusida milliy ruhdagi “Bolakay” badiiy filmini yaratish ishlari olib borilmoqda.
Loyiha doirasida dastlabki tashkiliy va tayyorgarlik ishlari amalga oshirilib, filmda ishtirok etuvchi aktyorlar saralab olingan.
Ayni paytda loyiha navbatdagi bosqichga o‘tib, videokasting jarayonlari yo‘lga qo‘yildi.
Hozirda rejissyor Abu Tolib Adamqulov boshchiligidagi ijodiy guruh hamda “Dilshoh media” studiyasi Milliy kinologiya markazida bo‘lib, kinolog va xizmat iti ishtirokidagi sahnalar bo‘yicha videokasting jarayonlarini amalga oshirmoqda.
Jarayon davomida kinologlarning kundalik faoliyati, xizmat itlarining tayyorgarligi hamda ularning bojxona organlari tizimidagi o‘rni badiiy talqinda sinovdan o‘tkazilmoqda.