2026-02-24
Maktab hududini yanada koʻkalamzorlashtirish, ekologik muhitni yaxshilash hamda oʻquvchilar uchun qulay va sogʻlom sharoit yaratishga qaratilgan xayrli tadbirda markaz xodimlari faollik koʻrsatishdi. Xodimlar tomonidan 50 dan ortiq manzarali va iqlim sharoitiga mos daraxt koʻchatlari ekildi.
Shu bilan birga, Bojxona qoʻmitasi Raisi tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida maktab hududidagi futbol maydoni atrofiga oʻrnatilgan himoya toʻrlarining sifat darajasi ham koʻzdan kechirildi. Bu esa oʻquvchilarning futbol mashgʻulotlari jarayonida toʻpning yoʻlga yoki boshqa hududga chiqib ketishining oldini olish, mashgʻulotlarni xavfsiz va tartibli tashkil etishga xizmat qiladi.
Bojxona organlari tomonidan Sergeli tumanida bu kabi xayrli ishlar davom etmoqda.