2025-10-10
Navbatdagi ochiq eshiklar kuniga 150 nafar Toshkent davlat yuridik universiteti 4-kurs talabalari tashrif buyurishdi.
Markazda xizmat itlarini yetishtirish, kinologlarni o‘qitish uchun yaratilgan shart sharoitlar bilan yaqindan tanishtirish uchun ekskursiya tashkil etildi.
Talabalar jinoyat huquqi yo‘nalishida tahsil olishayotganligi bois ular uchun kinologiya faoliyati bilan tanishish qiziqarli bo‘ldi. Ular xizmat itlarining huquqni muhofaza qilish sohasidagi o‘rni, jinoyatlarni fosh etish va chegaralarda taqiqlangan moddalarni aniqlashdagi ahamiyati to'g'risida batafsil ma'lumot olishdi.
Tadbirda bo'lajak huquqshunoslarga Markaz instruktorlari tomonidan turli yo‘nalishlarga tayyorlangan xizmat itlari bilan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.