2025-11-10
Joriy yilning 9-noyabr kuni O‘zbekiston kinologiya federatsiyasi va “Nemis ovcharkasi zoti va xizmat-dekorativ itchiligi notijorat klubi” tomonidan milliy itlar ko‘rgazmasi o‘tkazildi.
Tadbirda xizmat va dekorativ yo‘nalishdagi 185 bosh turli zotdagi itlar ishtirok etdi.
Ko‘rgazmada Milliy kinologiya markazidan 8 bosh xizmat itlari qatnashib, ulardan 6 bosh xizmat itlari o‘z zotlari toifasida “A’lo” bahosiga sazovor bo‘ldi.
Bunday ko‘rgazmalar itlarning naslchilik standartlarini saqlash, ularning ijtimoiylashuvini ta’minlash hamda mamlakatimizda kinologiya sohasini targ'ib qilishga qaratilgan.