2026-04-23
Mazkur kinologlar “O‘simliklar va o‘simlik urug‘larini qidirish” yo‘nalishida tayyorgarlikdan o‘tmoqdalar.
O‘quv jarayonida tinglovchilar xizmat itlarini olib kirilishi taqiqlangan yoki cheklangan o‘simlik va o'simlik urug‘larini aniqlashga tayyorlash, shuningdek, xizmat itlarini amaliy qo‘llash bo‘yicha zarur ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida ham Agentlikning 4 nafar kinologi (https://t.me/milliykinologiyamarkazi/2799) mazkur yo‘nalish bo‘yicha boshlang‘ich tayyorgarlikdan o‘tgan edi.