2026-01-09
Dastlab markaz infratuzilmasi, xizmat itlarini tayyorlashga moʻljallangan maxsus oʻquv maydonlari hamda oʻquv-mashgʻulot maketlari koʻzdan kechirildi. Shu bilan birga, masʼullar ishtirokida Milliy kinologiya markazini rekonstruksiya qilish loyihasiga alohida eʼtibor qaratildi.
Ushbu jarayonda Bojxona qoʻmitasi Raisiga 2026-yilning sentabr oyida oʻtkazilishi rejalashtirilgan Jahon bojxona tashkilotining 7-Global Kinologiya Forumiga tayyorgarlik koʻrish doirasida markazni rekonstruksiya qilish loyihasi taqdimot qilindi.
Taqdimotda xalqaro standartlarga mos zamonaviy oʻquv korpuslarini barpo etish, kinologiya xizmatining texnik va uslubiy bazasini yangilash hamda xizmat itlarini tayyorlash samaradorligini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish masalalariga eʼtibor qaratildi.
Yakunda mutasaddilarga forumga munosib tayyorgarlik koʻrish va qurilish ishlarini jadallashtirish boʻyicha aniq vazifalar yuklatildi. Negaki, mazkur xalqaro forum Oʻzbekiston kinologiya sohasining xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladi.