2026-03-10
Sintetik giyohvandlik vositalarining tarqalish xavfi ortib borayotgani, ayniqsa yoshlar orasida kengayib borayotgani, shuningdek ularni bojxona chegarasi orqali noqonuniy olib o‘tish holatlari ko‘paygani munosabati bilan respublika chegara bojxona postlarida faoliyat yuritayotgan kinologlar uchun amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Joriy yilning 18-fevraldan 7-martga qadar Milliy kinologiya markazining instruktorlari tomonidan hududiy bojxona boshqarmalari chegara bojxona postlarida bevosita joyiga chiqqan holda mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar davomida xizmat itlariga sintetik giyohvandlik vositalarining hidlari kiritildi, shuningdek ularni aniqlash bo‘yicha maxsus mashqlar o‘tkazildi.