2026-04-22
Yig‘ilishda O‘zbekiston, Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iz davlatlarining kinologiya markazlari rahbarlari ishtirok etmoqda. Ushbu xalqaro tadbirda Milliy kinologiya markazi direktori F. Qahhorov ishtirok etmoqda.
Tadbir doirasida 2026-yil sentyabr oyida O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan JBTning 7-Global kinologiya forumiga tayyorgarlik masalalari, shuningdek, Ishchi guruhning navbatdagi 34-yig‘ilishini O‘zbekistonda o‘tkazish masalasi muhokama qilindi.
Tadbir davomida Belarus va Armaniston kinologiya markazlari bilan sohada o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha memorandumlarini imzolash, shu bilan birga, Armaniston kinologlarini Milliy kinologiya markazida malakasini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari Rossiya Federatsiyasidagi ilg‘or veterinariya klinikalari faoliyatini o‘rganish hamda Milliy kinologiya markazi veterinariya xizmati mutaxassislarining jarrohlik, erta tashxis va kasalliklarni aniqlash yo‘nalishlari bo‘yicha malakasini oshirish masalalari ham muhokama qilinmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston kinologiya markazlari o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda qo‘shma o‘quv kurslari, tajriba almashish va o‘quv-uslubiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.