2025-11-11
Uchrashuvda xorijiy hamkasblarga Milliy kinologiya markazidagi shart-sharoitlar, kinologlarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv kurslari, shuningdek, chet el kinologlarini o'qitish borasidagi tajriba yuzasidan batafsil taqdimot qilindi.
Tomonlar xizmat itlarini tayyorlash usullari, xizmatda foydalaniladigan zotlar to‘g‘risida o'zari fikr almashishdi.
Malayziya Qirolligi bojxona xizmati kinologiya markazi vakillari o‘z kinolog va instruktorlarini Milliy kinologiya markaziga malakalarini oshirish va tajriba almashish uchun yuborish istagini bildirishdi. Mazkur taklif Markaz vakillari tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilindi.
Onlayn uchrashuvi natijasida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va kelgusida hamkorlik doirasida kinologiya faoliyati bo‘yicha tajriba almashishga kelishib oldilar.