2025-10-05
O‘zbekiston kinologiya federatsiyasi tomonidan joriy yilning 3-5 oktyabr kunlari Toshkent shahri Seul parkida xalqaro itlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Mazkur ko‘rgazma xalqaro toifali xakamlar tomonidan yuqori saviyada o‘tkazildi.
Ko‘rgazmada Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Belarus, Moldova, Armaniston va Qirg‘iziston respublikalaridan itchilik klublari va O‘zbekiston Respublikasining kuch salohiyatiga ega bo‘lgan organlarga tegishli jami 380 dan ortiq turli zotdagi itlar ishtirok etdi.
Markaz hisobidagi 3 bosh xizmat itlarining eksteryeri o‘z zotlari ichida “Aʼlo” deb baholandi.