2026-03-05
Tadbirda markaz rahbariyati hamda shaxsiy tarkib ishtirok etdi. Marosim davomida podpolkovnik A.Norimov bojxona organlarida, xususan, kinologiya xizmatini rivojlantirish yo‘lida ko‘p yillar davomida olib borgan samarali faoliyati alohida e’tirof etildi.
Tantanali marosimda bojxona organlaridagi uzoq yillik xizmatlari hamda kinologiya xizmatini rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun Bojxona qo‘mitasi buyrug‘i bilan “Kinologiya xizmati a’lochisi” ko‘krak nishoni taqdirlandi.
Shuningdek, markaz direktori tomonidan unga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbir yakunida jamoa a’zolari A.Norimovga kelgusi hayotida mustahkam sog‘lik, farovonlik va omad tilab, samimiy tilaklarini bildirdilar.