2026-05-18
Zotdor itlar ko‘rgazmasi yakuniga yetdi va g’oliblar taqdirlandi
Milliy kinologiya markazida bo’lib o’tgan ko’rgazmada Qirg‘iziston, Qozog’iston va Polsha davlatlaridan kelgan xalqaro ekspertlar tomonidan itlarning zot standartiga mosligi, tashqi ko‘rinishi, harakati, turishi hamda xulq-atvori baholandi.
Unda markazning xizmat itlari ham faol ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etdi. Xususan, markazning 3 bosh xizmat itlari “Best in show” nominatsiyasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Milliy ko‘rgazmada ham markazning 4 bosh xizmat itlari 1-o‘rinni egalladi.
Ikki kun davom etgan ko‘rgazma tadbirlari kinologiya sohasini rivojlantirish, zotdor itlarning sifatini saqlash, mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish hamda aholida hayvonlarga nisbatan mehr va masʼuliyatli munosabatni shakllantirishga xizmat qildi.