2025-09-20
Mehmonlar qatorida Veterinariya klinikasi mijozlari va tashrif buyurishni istagan aholi vakillari bo‘ldi.
Tadbirda dastlab veterinariya klinikasi mutaxassislari tomonidan «Uy hayvonlarining mavsumiy profilaktikasi» mavzusida qisqa taqdimot o‘tkazildi. U sog‘lom turmush tarziga e’tibor qaratish va uy hayvonlariga mehr bilan munosabatda bo‘lish zarurligini eslatib o‘tdi.
Bayram dasturida bolalar uchun «Mening uy hayvonim» mavzusida rasm chizish tanlovi o‘tkazildi. Kattalar ham turli qiziqarli o‘yinlarda ishtirok etishdi, ularning bellashuvlarini esa bolalar qiziqish bilan kuzatib, ota-onalarini qo‘llab-quvvatlab turishdi.
Shu bilan birga, №2 umumta’lim maktabi o‘quvchi qizlari tayyorlagan raqs chiqishi tadbirga chiroyli ruh baxsh etdi. Shirin dasturxon atrofida esa mehmonlar bir-birlari bilan muloqot qilib, uy hayvonlariga g‘amxo‘rlik borasida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Tadbir so‘ngida o‘yin va tanlovlar g‘oliblariga esdalik sovg‘alari topshirildi.