2026-02-25
Mazkur seminar xizmat itlari yordamida giyohvandlik vositalari hamda portlovchi moddalarni aniqlash yo‘nalishidagi bilim va ko‘nikmalarni oshirishga qaratildi.
Seminarda respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan Chegara qo‘shinlari kinologiya bo‘linmalari boshliqlari ishtirok etishdi.
Seminar davomida dastlab nazariy qism tashkil etilib, mutaxassislar o‘zaro tajriba almashdilar hamda xizmat itlarini tayyorlash va qo‘llash bo‘yicha dolzarb masalalarni muhokama qildilar. Seminarda xizmat itlarini tayyorlash, chegara postlarida ularni qo‘llash hamda kinologlarning malakasini oshirishga oid masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlar davomida xizmat itlarining qidiruv bo‘yicha yuqori darajadagi ko‘nikmalari namoyish etilib, kinologlarning ular bilan samarali ishlash, boshqaruv va qo‘llash usullari amalda ko‘rsatib berildi.