2025-05-08
9 may – "Xotira va qadrlash kuni" arafasida Milliy kinologiya markazi xodimlari tomonidan yurtimiz tinchligi, jamoat xavfsizligini taʼminlash yo‘lida fidokorona xizmat qilgan, ammo o‘z xizmat vazifasini bajarish davomida turli sabablar bilan betob bo‘lib qolgan va bevaqt hayotdan ko‘z yumgan fidoyi xodimlarning oila aʼzolari holidan xabar olindi.
Mazkur tadbirlar doirasida safdoshlarning uylariga tashrif buyurilib, ruhlari yodga olindi va samimiy suhbatlar tashkil etildi. Oila aʼzolariga moddiy va maʼnaviy yordam ko‘rsatilib, ularning muammo va ehtiyojlari o‘rganildi.
Bu kabi tashabbuslar Milliy kinologiya markazi tomonidan anʼanaga aylangan bo‘lib, fidokor xodimlarning ezgu xotirasini ardoqlash, ularning oila aʼzolarini eʼzozlash – bugungi kunning muhim vazifalaridan biri sifatida baholanadi.