2025-05-22
Bugun tinglovchilarimiz "Najimov" chegara bojxona postida sayyor amaliy mashg‘ulotni o'tadilar. Mashg'ulot doirasida ular xizmat itlari yordamida yuk avtotransport vositalarida taqiqlangan moddalarni qidirishni bajardilar.
Real sharoitlarda bu kabi sayyor mashg'ulotlar kinologlar uchun bebaho tajribadir. Har bir kinolog o'z xizmat iti bilan yuqori darajadagi tayyorgarlik va jamoaviy ishini namoyish etdi.