2026-04-21
Forum doirasida Milliy kinologiya markazi mutaxassialri xizmat itlari bilan birgalikda amaliy imkoniyatlarini namoyish etdilar. Jumladan, xizmat itlarining giyohvand vositalarni aniqlash, qurol-aslahalarni izlab topish hamda antiterror yo‘nalishidagi tayyorgarligi ko‘rsatib berildi.
Bagaj va chamadonlarda, shuningdek, yo’lovchilar oqimi orasida taqiqlangan moddalarni aniqlash jarayonlari amaliy tarzda namoyish etildi.
Milliy kinologiya markazining o‘quv qo‘llanmalari hamda hid namunalari ishtirokchilarda qiziqish uyg’otdi.
Ta’kidlash joizki, 2025-yil yakunlariga ko‘ra O’zbekiston bojxona organlari tomonidan xizmat itlari yordamida 1,3 tonna giyohvand vositalari aniqlangan.
Bu esa kinologiya xizmatining narkotrafikka qarshi kurashdagi samaradorligini yaqqol ko‘rsatadi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.