2025-04-09
Armaniston, Belarus, Rossiya, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston delegasiyalari ishtirokida Erevan shahrida oʻtayotgan tadbirda Bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazi direktori F.Qahhorov qatnashmoqda.
Yigʻilishda asosiy e'tibor kinologiya xizmatlarining 2024 yildagi faoliyati tahlili hamda 2025 yilga moʻljallangan tadbirlar muhokamasiga qaratildi.
Ishtirokchi davlatlar vakillari xalqaro giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashishda kinologiya sohasini takomillashtirishga qaratilgan oʻzaro hamkorlikni izchillik bilan davom ettirish muhimligini ta'kidladilar.
Tadbir ishtirokchilariga Oʻzbekiston kinologiya tajribasida samarali foydalanib kelinayotgan “Raqamli kinologiya” dasturi imkoniyatlari namoyish etildi.
Uchrashuv yakunida ishchi guruh yigʻilishining asosiy qarorlari va istiqboldagi rejalarini aks ettiruvchi Bayonnoma imzolanishi kutilmoqda.
Xususan, 2025 yilga moʻljallangan muhim tadbirlar qatorida Milliy kinologiya markazida yilning ikkinchi yarmida xalqaro oʻquv-amaliy seminarini tashkil etish ham nazarda tutilgan.