2026-05-22
Tadbirda Toshkent xalqaro universiteti va Toshkent davlat agrar universiteti talabalari hamda The First School maktabi o‘quvchilari ishtirok etdi.
Mehmonlarga Markaz faoliyati, kinologlar va xizmat itlarini tayyorlash jarayonlari, shuningdek, kinologiya xodimlari tomonidan bajariladigan vazifalar haqida ma‘lumot berildi.
Ayniqsa, amaliy namoyishlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Unda xizmat itlarining giyohvandlik vositalari, qurol-yarog‘ va xavfsizlikka tahdid solishi mumkin bo‘lgan obyektlarni aniqlash jarayonlari ko‘rsatib berildi.
Shuningdek, mehmonlar xizmat itlarini saqlash, parvarishlash va veterinariya ta‘minoti bo‘yicha ham batafsil ma‘lumotga ega bo‘lishdi.
“Ochiq eshiklar kuni” yoshlarda katta qiziqish uyg‘otib, ularga kinolog kasbi, xizmat itlarini tayyorlash jarayoni hamda mazkur sohaning ahamiyati haqida kengroq tasavvur berdi.