2026-05-25
Bugun, 25-may kuni mamlakatimiz umumta’lim maktablarida an’anaviy “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu sana munosabati bilan bojxona organlari tomonidan Sergeli tumanidagi ta’lim muassasalarida ham bayram tadbirlari tashkil etildi. Jumladan, tumandagi 305- hamda 68-sonli umumta’lim maktablarida o‘tkazilgan tadbirlarda bojxona xodimlari ishtirok etib, bitiruvchi yoshlarni hayotlaridagi muhim bosqich bilan tabrikladilar.
305-sonli maktabda bo‘lib o‘tgan tadbirda Bojxona qo‘mitasi Milliy kinologiya markazi direktori F.Qahhorov ishtirok etib, Bojxona qo‘mitasi Raisining maktab bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.
Shuningdek, o‘quvchilar hamda ustozlarga Bojxona qo‘mitasi Raisi nomidan qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.
Shu kabi bayram tadbiri Sergeli tumanidagi 68-sonli umumta’lim maktabida ham o‘tkazilib, unda Milliy kinologiya markazi direktorining o‘rinbosari T.Misirov ishtirok etdi. Tadbir davomida bitiruvchilarga samimiy tilaklar bildirilib, ustozlarning yosh avlod ta’lim-tarbiyasidagi fidokorona mehnati alohida e’tirof etildi.
Bojxona organlari tomonidan yoshlarga e’tibor qaratish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni mustahkamlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.