2025-09-08
Buning uchun Markazda tashkil qilingan maxsus komissiya shahodatlangan hamda erkin yollangan xodimlar orasidan ish samaradorligi, ijro intizomiga rioya etishi, tashabbuskorligi kabi ko‘plab mezonlar asosida har oyning eng yaxshi xodimlarini aniqlaydi.
Mazkur xodimlar rag‘batlantirilib, ularning fotosuratlari maxsus “Hurmat taxtasi”ga joylashtiriladi.
Avgust oyi yakunlariga ko‘ra, “Oyning eng yaxshi shahodatlangan xodimi” sifatida Ixtisoslashtirilgan veterinariya xizmati xodimi T.Mirzayev hamda "Oyning eng yaxshi yordamchi va texnik xizmat ko‘rsatuvchi xodimi" sifatida bog‘bon J.Narzullayev eʼtirof etildi.
Ushbu tashabbus Milliy kinologiya markazida xodimlar o‘rtasida o‘zaro sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish orqali ish samaradorligi va sifatini oshirishga xizmat qiladi.