2025-09-23
Milliy anʼanalar xizmat jarayonida!
Har yili mamlakatimizda xotin-qizlar ishtirokida o‘tkaziladigan “Xon atlas” festivali milliy qadriyatlarni targ‘ib etish va ajdodlarimiz merosini eʼzozlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Milliy kinologiya markazi go‘zal va latofatli ayol xodimalari ham mazkur anʼanaga hamohang tarzda xizmat davomida milliy liboslarda faol ishtirok etmoqdalar.
Milliy liboslarda xizmat qilayotgan xodimalarning samimiy muomalasi va nafis qiyofasi mehmonlarimizga mamlakatimizning mehmondo‘stligi va yuksak madaniyatini yorqin namoyon etadi.
Bunday tadbirlar milliy qadriyatlarimizni eʼzozlash va ularni zamonaviy hayotimizda uyg‘un tarzda qo‘llashda muhim o‘rin tutadi!